«Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati “Toshkent” xalqaro aeroporti hududida professional spotting-turda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Arizalar 1-aprel 13:00 ga qadar qabul qilinadi. Tadbirga qiziquvchilar spotting@uzairports.com elektron manziliga anketa yuborishi va albatta pasportining skanerini ilova qilishi kerak.

Tur  2024-yil 25-aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Arizalarni saralab olishda professional foto va video texnikalari bo‘lgan,  professional spotting manbalarida materiallari e’lon qilingan, ilgari  aviaspottinglarda ishtirok etgan va ijtimoiy tarmoqlarda aviatsiya mavzusida o‘zining har xil saytlari/bloglari/akkauntlarini yuritayotgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Agar ariza 2024-yil 5-aprelgacha tasdiqlansa, aviaspotterga javob xati keladi.

Spotting so‘zi ingliz tilidagi  spot so‘zidan olingan bo‘lib,  u “ko‘rish”, “tanish” degan ma’nolarni anglatadi. Aviaspotting samolyotlarni  kuzatish, ko‘pincha suratga olish va qaydlarni saqlashni o‘z ichiga olgan sevimli mashg‘ulotdir.

Roman Bondarchuk tayyorladi, O‘zA