Ozarbayjonning Bok-u shahrida boks bo‘yicha xalqaro “Great Silk Way-2024” turniri yakunlandi. Unda terma jamoamiz a’zolari 5 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Turnirda Asilbek Jalilov, Xo‘janazar Nortojiyev, Saidjamshid Jafarov, Fazliddin Erkinboyev va Bahodir Jalolov o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Finalga qadar janglarda g‘alaba qozongan Xudoynazar Fayzov, Abdulloh Ma’daminov, Bekzod Hamidov, Javohir Ummataliyev, Rahmatilla Boymatov, Jahongir Zokirov va Shahina Ne’matova  kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Ziyoda Yarashova, Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, Sayat Ilyasov, Baxtiyor Asadov, Shavkatjon Boltayev hamda Diyorbek O‘rolov yurtimizga bronza medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

Musobaqa yakunida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 18 medal jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egalladi. Mezbonlar jamoasi 5 ta oltin, 6 kumush, 10 ta bronza jami 21 medal bilan ikkinchi pog‘onaga joylashgan bo‘lsa, Qozog‘iston termasi 3 oltin, 2 kumush, 1 bronza, jami 6 medalni qo‘lga kiritdi va uchinchi o‘rinda qoldi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA