O‘mon Sultonligi axborot agentligi – ONA xabar berishicha, mamlakat Bosh vazirining mudofaa ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sayyid Shahob bin Toriq Ol Said O‘zbekiston Respublikasining ushbu davlatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdusalom Xotimovni qabul qilgan.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatning joriy holati ko‘rib chiqilib, bir qator umumiy manfaat kasb etadigan masalalar ko‘tarilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA