Ona tabiat tozaligi va obodligi yo‘lida yurtimizda ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan «World Zero-Waste day» munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarda  «Chiqindisiz dunyo uchun!» ommaviy plogging ekoaksiyasi tashkil etiladi.

Tadbir O‘zbekiston bo‘ylab joriy yilning 30-mart (shanba) kuni soat 10:00da start oladi, deyiladi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi ma’lumotida.

Ekoaksiya respublika bo‘ylab hududlarning quyidagi manzillarida o‘tkaziladi:

Toshkent viloyati — Toshkent dengizi sohili bo‘yida;

Toshkent shahri — Yakkasaroy tumani, “Sharshara” ko‘chasida;

Sirdaryo viloyati — Guliston shahri, «Yangi Hayot» MFY, “Buyuk kelajak” ko‘chasida;

Jizzax viloyati — Sharof Rashidov tumani, «Toqchilik» MFY va Uchtepa dahasini bog‘lovchi katta yo‘l yoqasida;

Samarqand viloyati — Samarqand shahri, «Hishrav» qo‘rg‘onida;

Navoiy viloyati — Navoiy shahri, «Kimyogar» MFY, Amir Temur ko‘chasida;

Buxoro viloyati — Buxoro shahri, «Somoniylar» istirohat bog‘ining eski qal’a devori bilan tutash hududida;

Surxondaryo viloyati — Boysun tumanida;

Xorazm viloyati — Urganch shahri, «Amir Temur» istirohat bog‘ida;

Qashqadaryo viloyati — viloyat markazidagi «Alisher Navoiy» nomidagi istirohat bog‘i hududida;

Andijon viloyati — Andijon tumani, «Yangi Andijon» massivida;

Namangan viloyati — To‘raqo‘rg‘on tumani, «Baxt» MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida;

Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri, «Satkak» dam olish ziyoratgohida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, «Do‘stlik kanali» bo‘yi dam olish maskanida.

 

A.RUSTAMOV, O‘zA