Mamlakatimiz TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Baxtiyor Saidov AQSH senatori Stiv Deyns bilan uchrashdi.

Vazir senatorning O‘zbekiston bilan “xazinalar shtati” atalmish Montana va umuman AQSH bilan turli yo‘nalishlarda aloqani rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatini olqishladi.

Muloqot chog‘ida mintaqaviy va global kun tartibi, shuningdek qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, energetika, ta’lim kabi sohalarda hamkorlik uchun mavjud ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘llari muhokama qilindi.