Moskva yaqinidagi Krasnogorsk shahrida yuz bergan fojia oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 kishiga yetdi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.
– 80 nafar jabrdiyda, jumladan 6 begunoh bola federal tibbiyot markazlari, Moskva va poytaxt viloyatidagi shifoxonalarda davolanmoqda, dedi mulozim. – Afsuski, o‘ta og‘ir ahvoldagi bir inson vafot etdi, shifokorlar qo‘llaridan kelgan hamma ishni qilishdi.
Ta’kidlanishicha, 4 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda, 19 kishi, jumladan 3 nafar bolaning holati o‘rtacha og‘ir.
– Tezkor ma’lumotga ko‘ra, 205 jabrlanuvchiga ambulator yordam ko‘rsatilgan, 76 kishiga uyiga ruxsat berilgan. 23 bemor sog‘ayib, shifoxonadan chiqishga tayyorlanmoqda.