Amerika Qo‘shma Shtatlari Nyu-Jersi shtatida yashovchi fuqaro “Mega Millions” lotereyasida 1 milliard 130 million dollarlik jekpotni yutib oldi. Bu haqda CNN xabar bergan. Qariyb 4 oy davom etgan mazkur o‘yin g‘olibi AQSH lotereyalari tarixidagi beshinchi yirik sovrinni qo‘lga kiritdi.

Chiptadagi baxtli raqamlar – 7, 11, 22, 29, 38 va 4 ekan.

Mamlakat bo‘ylab 13 kishining har biriga 1 million dollardan mukofot nasib etdi. Nyu-Yorkda yana bir chipta egasi 2 million dollar oladi.

Agar yutuqni yillik to‘lovda emas, darhol olishni tanlasa, jekpot sohibiga soliqdan tashqari “atigi” 537,5 million dollar tegadi. Yillik to‘lov tarzida esa u jami 1,33 milliard dollar olishi mumkin.