Mamlakatimizda suv xavfsizligini ta’minlashning iqtisodiy, moliyaviy va texnik jihatlarini mustahkamlash yo‘lida xorijiy tajribalarni hamkorlik asosida o‘rganish o‘z samarasini berib kelmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari Osiyo suv kengashi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Koreya Respublikasi Atrof-muhit vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, samaradorlikni oshirish bo‘yicha texnik va innovatsion yechimlarni aniqlash hamda suv sektori muammolarini hal etish masalalari muhokama etildi, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotida.

Darhaqiqat, xorijiy tajribalarni yurtimiz qishloq xo‘jaligida qo‘llash suv bilan bog‘liq muammolarga qaysidir ma’noda yechib bo‘lishi tajribadan ma’lum.

Uchrashuvda mehmonlar O‘zbekistondagi suv borasidagi muammolarni tahlil qilgan holda o‘z xulosalari va takliflarini ishlab chiqishi hamda uni amalga tatbiq etish yuzasidan o‘z yechimlarni berishini ta’kidlagan.

 

M.MADAMINOVA, O‘zA