Turkmanistonning “SalamNews”, “Turkmenportal” kabi qator nashrlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Turkmaniston elchisi Shodurdi Meredov bilan uchrashuvi haqida yozgan.

Maqolalarda tobora kengayib borayotgan ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikka doir qator mavzular, shuningdek mamlakatlarimiz o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlar ijrosi va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar uchrashuv kun tartibidan o‘rin egallaganiga e’tibor qartilgan.

So‘nggi yillarda qardoshlik munosabati mustahkamlanib, davlatlararo hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanayotgani alohida e’tirof etilgan.

Uchrashuv yakunida suhbatdoshlar mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtasiga asoslangan munosabat bundan buyon ham o‘zaro manfaatli asosda muvaffaqiyatli davom etishiga ishonch bildirilgan.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA