Xitoy futbol assotsiatsiyasi (XFA) sobiq prezidenti Chen Syuyuan 11 million dollar pora olgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, deya xabar bermoqda davlat OAV.
Aytilishicha, yana bir necha sport amaldori korrupsiyada ayblanib qamalgan. Xitoyning amaldagi rahbariyati davrida korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniya yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatda sportida korrupsiya keng ildiz otishi sport sanoati, ayniqsa futbol rivojiga jiddiy zarba berdi.
Chen Syuyuan XFA va boshqa idoralardagi mansab vakolatidan foydalanib, “boshqalardan umumiy qiymati 81,03 million yuan miqdoridagi pulni noqonuniy qabul qilgan”, deb yozdi Kommunistik partiya nashri “Peopleʼs Daily” gazetasi.
Mazkur jarayon XFAning 10 nafar rasmiysi, jumladan milliy terma jamoa sobiq bosh murabbiyi Li Teni ham chetlab o‘tmadi. Yuqori lavozimli xodim Chen Yunlyan va Superliga sobiq bosh direktori Dun Chjen 14, mamlakat yengil atletika assotsiatsiyasi sobiq prezidenti Yuy Xunchen 13-yillik qamoqqa hukm qilingan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA