Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov fikricha, “Krokus siti xoll”da sodir etilgan fojia terrorga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

– Butun Rossiya xalqi chuqur qayg‘uda, – dedi elchi. – G‘ayriinsoniy, vahshiy terror sog‘lom fikrli barcha insonlar qalbini yaraladi. O‘zbekistonda biz butun xalqning ushbu mash’um fojiaga munosabatini ko‘rdik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidentiga birinchilardan bo‘lib hamdardlik bildirdi. Elchixonaga kelib yoki maktub orqali, oddiy so‘z bilan emas, balki chinakam, samimiy hamdardlik izhorini bildirgan hukumat vakillariga ham minnatdorlik bildiramiz. Xalqning qayg‘usini yengillashtirish, jabrlanganlar sog‘ayib ketishiga ko‘maklashish uchun Rossiya oldida hali ko‘p ish turibdi. Umid qilamizki, yaqin kelajakda hamkorligimiz yanada rivojlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevga, barcha davlat hokimiyati vakillariga, og‘ir va qayg‘uli ushbu lahzada bizga yelkadosh bo‘lgan barcha o‘zbekistonliklarga yana bir bor minnatdorlik izhori ila samimiy tilaklarimni yo‘llayman.

O‘zA