Amerikaning Florida shtati gubernatori Ron Desantis 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochishini taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda ma’muriyat matbuot xizmati ma’lum qildi.
Desantis fikricha, yangi tartib ota-onalarga bolalarini zarar keltiruvchi kontentdan samaraliroq himoya qilish imkonini beradi. Rasmiy xabarda hozircha faqat bir shtat chegarasida joriy qilingan bunday qonun qanday ijro etilishi to‘g‘risida hech narsa deyilmagan. Shuningdek, hukumat verifikatsiya qilishning qaysi mexanizmini qo‘llashi, 14 yoshdan kichiklar mavjud akkauntini o‘chirishi kerakligi xususida ham hech qanday tushuntirish bermagan.