_
– Moskva yaqinida sodir etilgan terror harakati bizni bolalarimiz tarbiyasi va ta’limiga jiddiy e’tibor qaratishga chaqiradi, – dedi Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir ishtirokchilari qarshisida so‘zga chiqqanda. – Bu sharmandali va dahshatli hodisa barchamizni, ayniqsa ota-onalarni yana bir bor bola tarbiyasiga o‘ta jiddiy e’tibor qaratishga chaqiradi. Biz o‘smir-yoshlarni xavfli guruhlar ta’siridan ehtiyot qilib, farzandlarimiz tojik millatiga, suveren davlatimizga, o‘z ota-onalari nomiga dog‘ tushirishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.