Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 2023-yil 12-dekabrdagi ijro hujjatiga asosan, fuqaro D.Jumaniyazovani Xo‘jayli tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limidagi oldingi ish o‘rniga tenglashtirilgan o‘ringa tiklash belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, ishga tiklash va ish haqi undirish haqidagi sudlarning ijro hujjatlari Byuro organlariga taqdim etilmasdan avval ish beruvchi tashkilotga topshirilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan. Shu sababli, fuqaro D.Jumaniyazova sudning ijro hujjatining ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Xo‘jayli tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga topshirgan.
Xo‘jayli tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi sud qarori ijrosini ta’minlamagan. Shu sabab fuqaro D.Jumaniyazova Byuroning Xo‘jayli tuman bo‘limiga murojaat qilib, hujjat ijrosini ta’minlab berishni so‘ragan va bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Davlat ijrochisi Xo‘jayli tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘iga ijro hujjati ijrosi ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari haqida ogohlantirish bergan. 2024-yil 1-martdagi buyruq asosida, fuqaro D.Jumaniyazova o‘zining avvalgi ish o‘rniga tenglashtirilgan lavozimga ishga tiklandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.