FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan «Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar» mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’lim  vaziri o‘rinbosarlari, vazirlikning bo‘lim boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida o‘tgan 2023-yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilda bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimida bugungi kunda jami 2500 ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan 722 tasi umumta’lim maktabi, 18 tasi «Barkamol avlod» bolalar maktabi, 1760 tasi maktabgacha ta’lim tashkilotidan iborat.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollariga vazirlikning tegishli mutaxassislari tomonidan batafsil javob qaytarildi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA