FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining o‘quvchi va o‘qituvchilarning bilim hamda ko‘nikmalarini baholash markazi foydalanishga topshirildi.
Markaz zarur jihozlar hamda 150 dona zamonaviy kompyuter bilan ta’minlangan. Asosiysi, axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati va internet tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish tezligi yuqori. Bu yerda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida informatika va axborot-texnologiyalari bo‘yicha bilimlar bellashuvlari, fan olimpiadalari, shuningdek, pedagog-xodimlarning bilim va ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkaziladi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA