“Anadolu” xabar berishicha, Ramazon oyi munosabati bilan Kuba Prezidenti Migel Diaz-Kanel mamlakat poytaxti Gavanada islomiy davlatlar elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
– Muborak Ramazon oyi munosabati bilan arab va islom davlatlarining Kubada akkreditatsiyadan o‘tgan elchilari bilan uchrashdik, – deyilgan mamlakat rahbari bayonotida. – Falastin xalqi uchun og‘ir ushbu damda tinchlik, farovonlik tilab, ezgu tilaklar bildirdik.