“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi muqaddas Ramazon oyi davrida Toshkentdan Dubayga va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar aviachiptalari narxi tushirilgani haqida ma’lum qildi.

Ushbu davrda Toshkent-Dubay yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 million 346 ming so‘mni, ikkala tomonga esa, yaыni Toshkentdan Dubayga va ortga qaytuvchi yo‘nalish bo‘yicha aviachipta narxi 2 million 729 ming so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, endilikda O‘zbekiston fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklarida xviza olmasdan 30 kungacha bo‘lishlari mumkin.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA