Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Fuqaro X.B. fuqaro N.X.ga Beruniy tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasida ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qiladi. Shuning evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.