Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Rahbar ayollar” O‘zbekiston-Germaniya xalqaro ta’lim markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida mas’ul idora va tashkilotlar rahbariyati, vakillari, Germaniya va Fransiya elchixonasi hamda GIZ vakillari, lider xotin-qizlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda OAV ishtirok etdi.

Ta’lim markazi mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy sohadagi bilim, ko‘nikmalarini oshirish, davlat xizmatida o‘zaro tajriba va malaka almashishda yagona ijtimoiy muloqot maydonini yaratish orqali ularning uzluksiz kasbiy, shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan “Davlat xizmatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish: lider ayollarni shakllantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar ham bo‘lib o‘tadi.

 

N.Abduraimova, O‘zA