Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov “Tatarkino” muassasasining 100-yilligi munosabati bilan Tataristonga taklif etildi.

Kinematografiya agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, Qozon shahrida MDHning ko‘plab kino tashkilotlari rahbarlari muzokaralari o‘tkazildi.

Jumladan, agentlik direktori Qozon davlat madaniyat institutida tashkil etilgan uchrashuvda nutq so‘zlab, o‘zbek kino sanoatining so‘nggi yillardagi rivojlanish dinamikasi, O‘zbekiston bilan o‘tgan va kelajakda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida gapirdi.

Kun yakunida “Mir” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari”ning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda xorijlik tomoshabinlar uchun “Ilhaq” filmi taqdim etildi.

 

N.Usmonova,

O‘zA