Toshkent viloyatining 19 729,41 gektar yer maydoni Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazildi.

Ya’ni, Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,32 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar yer maydonlari Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Bu hada Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori loyihaga ko‘ra, Toshkent shahrida 20 ming gektar maydonda joylashgan 13 ta tuman paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Kecha, 13-mart kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Toshkent viloyatidan 19 729,41 gektar yerni Toshkent shahriga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Gap Yuqori Chirchiq tumanidagi 17323,31 gektar (shundan 11147,29 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) va O‘rta Chirchiq tumanidagi 2406,1 gektar (shundan 1758,41 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari tashkil etilgan) Yangi Toshkent tumani hududiga o‘tkazilishi haqida bormoqda.

Qayd etilishicha, Yuqori Chirchiq tumanidagi 33 ta aholi punktlari va mahallalari, shundan 20 tasi to‘liq, 13 tasi qisman, 7 tasi O‘rtachirchiq tumanidagi 4 tasi to‘liq, 3 tasi qisman aholi punktlari va mahallalari Toshkent shahri tasarrufiga o‘tkaziladi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA