Niderlandiyada o‘tkazilgan jahon kubogining ikkinchi bosqichida Bobur Ahmadaliyev va Yekaterina Xilko murabbiyligidagi terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Dunyoning 15 davlatidan mahoratli sportchilar ishtirok etgan musobaqada terma jamoamiz a’zolari Mirshohid Hasanboyev va Yahyobek Mo‘minov yakkalik va sinxron sakrashda imkoniyatlarini namoyish etdi. Musobaqaning dastlabki kun saralash bellashuvlari sportchimiz Mirshohid uchun omadli keldi. U final bahsining yakkalik dasturida 57.095 ballga ega bo‘lib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Jahon kubogining sinxron sakrash dasturida mahoratini namoyish etgan Mirshohid Hasanboyev va Yahyobek Mo‘minov bellashuvlarni 7-o‘rinda yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.
Aytish lozim, joriy yil tramplinbo‘yicha jahon kubogining beshta bosqichi o‘tkazilishi belgilangan. Dastlabki bosqich Ozarbayjonning Bok-u shahrida o‘tgan bo‘lsa, vakillarimizga omad keltirgan Niderlandiyada poyoniga yetgan jahon kubogining ikkinchi bosqichidan bir hafta o‘tib jahon kubogining uchinchi bosqichi Germaniyada start oladi. Qolgan ikkita bosqich musobaqalari esa yoz oyida Shveysariya va Portugaliya davlatlarida tashkil etiladi.
Jahon kubogida ishtirok etgan sportchilarimiz ertaga Toshkentga qaytib keladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA