XXRning Vashingtondagi elchixonasi rasmiy vakili Li Pen’yuy “RIA Novosti”ga aytishicha, Xitoy AQSHning Tayvan bilan harbiy aloqani mustahkamlash va orolni qurollantirishga urinishini qoralaydi.

– Tayvan masalasi Xitoyning asosiy manfaati nuqtayi nazaridan o‘ta muhim va birinchi navbatdagi qizil chizig‘i hisoblanadi, – dedi Pen’yuy.

Diplomat ta’kidlashicha, Pekin Vashingtonni tashqi siyosatda “Yagona Xitoy tamoyili”ga chin dildan amal qilish, orol bilan harbiy yo‘nalishda har qanday aloqani, jumladan Tayvanni qurollantirishga urinishni to‘xtatishga chaqiradi.

O‘z navbatida Pentagon vakili bundan avval “RIA Novosti” savollariga javob berarkan, shunday dedi:

– Muassasa amerikalik maxsus xizmat vakillari Tayvanda ekanini tasdiqlamaydi, biroq AQSHning orol bilan hamkorligi Materik Xitoydan kelayotgan tahdidga qarshi turishga yo‘naltirilgan.