Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

353

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq organlarining quyidagi huquqlari bekor qilinadi (qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari bundan mustasno):

soliq to‘lovchining hududiga kirish;

soliq to‘lovchining hududini va binolarini ko‘zdan kechirish;

soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;

soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

O‘zA