Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

280

Saudiya Arabistoni Podshohligi axborot agentligi – SPA mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining ushbu davlatdagi Favqulodda va muxtor elchisini qabul qilgani haqida xabar berdi.

Maqolada Saudiya mulozimi Valid bin Abdulkarim Al-Hurayjiy vazirlikning Ar-Riyod shahridagi idorasida missiyasi muddati tugashi munosabati bilan Ulug‘bek Maqsudovni qabul qilgani yoritilgan.

Suhbat chog‘ida diplomatimizning ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakati yuqori baholanib, mezbon uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilagani ta’kidlangan.

M.Pirmatova,

O‘zA