Varshava-Toshkent yo‘nalishida ilk parvoz amalga oshirildi

250

“LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi.

Bugun Toshkent xalqaro aeroportida aviakompaniyaning Varshava- Toshkent yo‘nalishida ilk muntazam parvozni amalga oshirgan havo kemasi tantanali ravishda kutib olindi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabarida.

Varshava-Toshkent-Varshava yo‘nalishidagi aviaqatnovlar mart oyida haftasiga 3 marotaba, aprel oyidan 4 marotaba amalga oshirilishi reja qilingan.

Ushbu reyslar O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi turistlar almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

M.Madaminova, O‘zA