Yong‘in xavfsizligi talablarini buzish katta jarimaga sabab bo‘ladi

342

Davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish, agar yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jarima miqdorlari qancha bo‘ladi? Bu savolga javoban shuni qayd etish kerakki, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 million 400 ming so‘mdan 5 million 100 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 million 800 ming so‘mdan 8 million 500 ming so‘mdan).

Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi yoxud o‘zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo‘q qilinishi bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda yong‘in sodir bo‘lganda mazkur shaxs yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

N.Abduraimova,  

O‘zA