Ko‘hna qit’a parlamenti Yevropa Ittifoqini Armaniston bilan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.
– Armaniston KXSHTga a’zolikni qayta ko‘rib chiqayotgan bir sharoitda EI bilan Yerevan o‘rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash juda dolzarb, – deyilgan EP qabul qilgan rezolyutsiyada.
Deputatlar EIni Armanistonning Yevropa tinchlik jamg‘armasi orqali yordam berish bo‘yicha so‘rovini ijobiy hal qilishga chaqirgan.
Avvalroq Bosh vazir Nikol Pashinyan “Agar KXSHT Yerevan tomonidan mamlakat hududi yaxlitligi bo‘yicha ko‘tarilgan masalaga javob bermasa, Armaniston tashkilotdan chiqadi”, deya bayonot bergan edi.