Sayxunobodda ham yashirin iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish va ish o‘rinlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni faollashtirish lozimligi qayd etildi.

Bunda, mahalla hududidagi tadbirkorlar “soya”dan chiqib, rasmiy ish o‘rnini ko‘paytirsa, daromad solig‘idan qo‘shimcha tushumning 50 foizi o‘sha mahalla ixtiyorida qoladi.

Tumandagi mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi ham mahalla byudjetida qoladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

O‘zA