O‘zbekistonda “Talpyn Up” tadbirkor ayollari uchun mentorlik dasturi yaratilmoqda. Loyiha AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan “Imperial College London” kolleji bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad ayollarda ishbilarmonlik muhiti uchun ko‘nikma va fazilatlarni rivojlantirish, biznes tashabbuslar ko‘lamini kengaytirish va netvorking eko tizimini yaratishdan iborat.

Dastur savdo ko‘nikmalari, soliq va moliyaviy qonunchilik, HR-menejment, biznesni rejalashtirish, marketing va netvorking kabi mavzular bo‘yicha intensiv onlayn ta’limning olti modulini o‘z ichiga oladi. Kurs olti oyga mo‘ljallangan. Unda 29 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar, ko‘p bolali onalar yoki rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning onalari ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, faoliyat yuritayotganiga 1-yildan 3-yilgacha bo‘lgan biznes egalari ham qatnashishlari mumkin.

Dastur uchta bo‘lim – individual ta’lim, mentor mahorat darslari va biznes trenerlar bilan amaliy sessiyalardan iborat. Kurs yakunida bitiruvchilarga diplomlar topshiriladi.

2023-yildan boshlab ushbu mentorlik dasturi Qozog‘istonda amalga oshirilib kelinsa, joriy yildan esa u Qirg‘izistonda ish boshlaydi. Qirg‘iziston va o‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun bu yilda 30 tadan grant o‘rinlari ajratilsa, qozog‘istonliklar uchun yana 120 ta grant o‘rinlari band qilingan.

Ishtirokchilarni tanlab olish natijalari 18-aprel kuni ma’lum qilinadi. Mashg‘ulotlar esa 20-apreldan boshlanishi rejalashtirilgan.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA