8 turdagi 1498 o‘ram qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi

276

Yurtimizda muntazam ravishda sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida har oyda bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning fevral oyida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tezkor tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha 206 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda Markaz matbuot xizmati ma’lum qildi.

Taqdim qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda tahlillar natijalariga ko‘ra, noqonuniy muomalada bo‘lgan: 

– 5958 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud;

– 4505 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;

– 300 o‘ram yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha nomuvofiq (kontrafakt);

– 726 o‘ram yaroqlilik muddati tugagan (sifatsiz);

– 1498 o‘ram qalbakilashtirilgan, umumiy 12987 o‘ram farmatsevtika mahsulotlarining tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi yuzasidan xulosa berildi. Hamda ushbu sifatsiz, qalbakilashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi.

O‘zA