Turli xalqaro tuzilmalar sammitlarida Qozog‘iston tomonidan Fuzuliy shahrida Qurmang‘ozi nomli bolalar ijodiyoti markazi qad rostlayotgani tez-tez tilga olinardi.

12-mart kuni Ozarbayjon va Qozog‘iston Prezidentlari Ilhom Aliyev va Qosim-Jomart Toqayev ijod markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida yetakchilar Ozarbayjon madaniyat va san’at namoyandalari, Fuzuliy shahri aholisi, shuningdek, markazda tahsil oladigan bolalar bilan uchrashdi.

Bugun ertalab Ozarbayjonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston rahbari Fuzuliy viloyatiga yetib kelgani haqida xabar berilgandi. Toqayev, shuningdek, hamkasbi Aliyev bilan Fuzuliy shahrining Bosh rejasi bilan tanishdi.

Darvoqe, o‘tgan yil 23-avgust kuni O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari xuddi shunday Fuzuliy shahrida davlatimiz tomonidan barpo etilgan 960 o‘rinli Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochilishida ishtirok etgandi.

B.XUDOYBERDIEV, O‘zA