O‘zbekiston velosport federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev rasmiy tashrif bilan Italiyaga tashrif buyurdi.
Kozim O‘rinboyxo‘jayev u yerda Italiya velosport federatsiyasi raisi Kordiano Daynoni hamda bosh kotib Marsello Gavino Tol-u bilan uchrashdi. O‘zbekistonda velosportni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat federatsiyalari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda ayollar velosportini rivojlantirishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi.
Shuningdek, kelishuv davomida ikki mamlakatda o‘rtoqlik turnirlari va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, terma jamoa murabbiylari hamda sportchilar o‘rtasida tajriba almashish dasturlarini yaratish, O‘zbekistonda “BMX“ va ”Mauntinbayking“ kabi Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish masalalari qo‘rib chiqildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA