Yangi yordam Ukrainaga yil oxirida qarshi hujumga o‘tish imkonini beradi
Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Byorns bayonot berishicha, Kongress yangi yordamni ma’qullasa, Ukrainada qarshi hujumga o‘tish va “Qrimga zarba berish” imkoni paydo bo‘ladi.
– Yangi yordam tufayli Ukraina 2024-yil oxiri yoki 2025-yil boshida hujum qilish tashabbusini qaytarib oladi, – dedi u Senatning Razvedka qo‘mitasi yig‘ilishida so‘zga chiqib. Shuningdek, mamlakat muzokarada ham kuchli pozitsiyani egallaydi. Agar AQSH qo‘shimcha harbiy texnika yetkazib berishdan bosh tortsa, Ukraina joriy yil kattagina hududini yo‘qotishi mumkin.