O‘tgan hafta seshanba kuni Erkner shahridagi “Tesla” zavodi hamda Berlindagi yana ikki tumanni tok biln ta’minlovchi qurilma yoqib yuborilgan edi. “Tagesspiegel” nashri hodisani qo‘poruvchilik sifatida baholab, javobgarlikni so‘l ayirmachi tashkilot – “Vulqon guruhi” zimmasiga olgani haqida xabar tarqatdi.
Kompaniya vakili Andre Tirig bayonot berishicha, zavod turib qolishidan ko‘rilgan zarar 500 million yevroni tashkil etgan.
“E.dis” energiya kompaniyasi ayni payt quvvat ta’minoti tiklanganini ma’lum qildi.