“Intertkan-2024″ xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari ishtirok etmoqda

227

Bugun Moskvada “Mato va to‘qimachilik materiallari – Intertkan- 2024″ xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kungi tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Unda O‘zbekistonning “Haj Tex“,” Samo“, ”Oltin Mato“,” Fayz-M“, ”Monomy“ kabi korxonalari ishtirok etmoqda.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston korxonalari stendlari uchun umumiy hisobda 200 kvadrat metr maydon ajratilgan. Ularda ishlab chiqaruvchilarimiz ip-kalavadan tortib tayyor kiyim-kechaklar kabi mahsulotlarini taqdim etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, ushbu ko‘rgazma MDH davlatlari, Italiya Xitoy, Koreya, Turkiya, Misr kompaniyalari uchun innovatsion taqdimot platformasidir.

 

N.Ziyodullayeva, O‘zA