O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 11-mart kuni Tojikiston Respublikasiga keldi, deya xabar berdi hamkorimiz “Xovar” agentligi.

Dushanbe xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif davomida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Bosh vazir Abdulla Aripovni qabul qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, 12-mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston va O‘zbekiston Bosh vazirlari Qohir Rasulzoda va Abdulla Aripov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘zA