FOTOREPORTAJ
Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizdagi ta’lim muassasalarida yoshlarni kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu jarayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta’lim maskanlarida ham namunali tashkil etilmoqda.
Taxiatosh tumani markazidagi 1-umumta’lim maktabida 990 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Bu yerda o‘quvchilarning puxta bilim olishi va kasb-hunar o‘rganishi uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Fan va sport to‘garaklari samarali faoliyat yuritmoqda.
Hozirda maskanda 10-11 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishga qaratilgan duradgorlik va tikuvchilik mashg‘ulotlari doimiy tarzda olib borilmoqda. Amaliyot xonalari zarur jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan.
Shuningdek, 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarga ingliz tili bilan birgalikda, ikkinchi til sifatida nemis tili o‘qitilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA