FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi “Kardar” brendi ostidagi korxona yog‘och va temir eshik-romlar, yumshoq mebellar va temir buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Hozirda korxonada 10 dan ziyod ishlab chiqarish bo‘limi mavjud bo‘lib, umumiy hisobda 300 ga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Bu yerda yiliga 20 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.

Korxonaga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib kelayotgan “Turonbank” ATBning kredit mablag‘i evaziga Xitoydan zamonaviy uskuna va texnologiyalar olib kelingan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Toshkent shahri, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maxsus savdo markazlari orqali aholiga sotilmoqda.

Korxona rahbari Murod Shimbergenovning ta’kidlashicha, mahsulotlarni qo‘shni davlatlarga eksport qilish bo‘yicha amaliy ish olib borilmoqda.

O‘zA fotomuxbiri  

Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar