Chexiya poytaxtida o‘tayotgan “Prague International Chess Festival” turnirining 6-turida Nodirbek Abdusattorov Rameshbabu Praggnanandxaa bilan bahs olib bordi. Unda hindistonlik shaxmatchining qo‘li baland kelgan bo‘lsa-da, hamyurtimiz turnirdagi yetakchiligini davom ettirmoqda.
Musobaqada 4 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Nodirbek turnirning 7-turida qora donalarda germaniyalik Vinsent Kaymer bilan kuch sinashadi.
“Prague International Chess Festival” turnirida Abdusattorovdan keyin 3,5 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan eronlik Parham Magsudlu ushbu turda Vidit Santosh Gudjrati bilan bahs yuritadi.
7-turda shuningdek, Mateush Bartel – David Navarra, Praggnananxaa-Gukesh, Richard Rapport- Tayi Dai Van Nguyen uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
9 turdan iborat musobaqalar 7-martga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,O‘zA