Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida ayni kunlarda Butunjahon yoshlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yirik xalqaro tadbirda biznes, xalqaro hamkorlik, madaniyat, fan, ta’lim, sport kabi jamiyat hayotining turli jabhalarida faoliyat yuritayotgan rossiyalik yoshlar bilan birga 200 ga yaqin davlatdan kelgan yoshlar yetakchilari, bolalar tashkilotlaridan mutaxassislar ham qatnashmokda.

Shuningdek, tadbirda volontyor yoshlar, xayriya tashkilotlari va dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etayotir. Jumladan, O‘zbekistondan ham vakil sifatida qator oliy o‘quv yurtlari talabalari, ko‘ngilli yoshlar, davlat tashkilotlaridan mutaxassislar hamda OAV xodimlari taklif etilgan.

Nilufar Bozorova, O‘zA muxbiri. 

Sochi.