JSST: ikki milliarddan ziyod odam semizlikdan aziyat chekmoqda
Yaqinda “Lancet” ilmiy jurnalida e’lon qilingan yangi tadqiqot natijasiga ko‘ra, 2022-yil holatida 1 milliarddan ortiq kishi semizlikdan aziyat chekkan yoki sayyoramiz aholisining har sakkizinchisi shu ahvolda.
1990-yildan buyon kattalar o‘rtasida semirib ketish global ko‘rsatkichi ikki barobardan ortgan. Bolalar va o‘smirlarda esa o‘sish to‘rt barobarni tashkil etgan. Jurnal yozishicha, 2022-yil dunyo bo‘yicha kattalarning 43 foizi ortiqcha vaznga ega bo‘lgan.
Meksika BRIKSga kirmoqchi emas
Meksika Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning BRIKSga kirish niyati borligi haqida ommaviy axborot vositalarida berilayotgan xabarlar haqiqatdan uzoqligini bildirdi.
TIV ma’lum qilishicha, Meksika BRIKSga a’zo bo‘lish uchun ariza bergani yo‘q.
2023 yil Markaziy Osiyodan 50 ming kishi AQSH chegarasini
noqonuniy kesib o‘tgan
AQSHning respublikachi syenatori Stiv Deyns bayonot berishicha, boshpana berish masalasi bilan shug‘ullanayotgan “TRAC” notijorat tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, hozir kamida 40 ming Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarosi AQSHdan boshpana olish maqsadida sud qarorini kutmoqda.
Kongress Kiyevga yordamni mart oyi o‘rtalarigacha tasdiqlay olmaydi
AQSH Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson joriy yil mart-aprel oylarida yangi byudjet haqidagi qonun loyihasini ovozga qo‘yishi mumkin. Ushbu hujjat Ukraina, Isroil va Tayvanga 66 milliard dollarlik yordamni ham ko‘zda tutadi, deb yozgan CNN telekanali.
Britaniya hukumati terror tahdidi kuchayganidan ogohlantirildi
Buyuk Britaniya maxsus xizmati xodimlari hukumatni mamlakatda terror xavfi keskin oshganidan ogohlantirdi, deb yozdi “Daily Mail” gazetasi.
Bunga britaniyalik maxsus xizmat xodimlarining ekstremistik xususiyatga ega ko‘plab suhbatlarni qayd etayotgani sabab bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, Buyuk Britaniyada muvofiqlashtirilgan yoki yakka qo‘poruvchi ishtirokidagi terror harakati xavfi kuchaygan.
Finlyandiya va Shvetsiya Rossiya chegarasi yaqinida harbiy mashq o‘tkazadi
Yaqinda NATOga qo‘shilgan Finlyandiya va Shvetsiya Rossiya chegarasi yaqinida “Nordic Response-2024” harbiy mashqida ishtirok etadi.
4-15-mart kunlari keng ko‘lamli “Steadfast Defender” o‘quv mashqlarining bir qismisifatida Finlyandiya, Norvegiya va Shvetsiya shimolida bo‘lib o‘tadigan tadbirda 20 ming harbiy ishtirok etadi.
Fransiya Ukrainaga 100 ta dron jo‘natadi
Parij respublika mudofaa sanoati kompaniyalaridan mamlakat qurolli kuchlari va Ukraina ehtiyoji uchun jami 2 mingta masofadan boshqariluvchi apparat sotib oladi, dedi mamlakat harbiy idorasi rahbari Sebasten Lekornyu.
Ma’lum qilinishicha, “Delair” kompaniyasi ishlab chiqaradigan 100 ta dron yozda Ukrainaga jo‘natiladi.
AQSH Rossiyaning yadro qurolini qo‘llashga tayyorligini bildiruvchi
ishorani ko‘rmayapti
Davlat departamenti rasmiy vakili Mettyu Miller ta’kidlashicha, AQSH Rossiyaning yadro qurolini qo‘llashga tayyorlanayotganini bildiruvchi hech qanday alomat ko‘rmayapti.
“Sinchkovlik bilan kuzatishda davom etamiz”, –degan Miller jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda.
Ukrainada vazirliklar uchdan birga qisqartirilishi mumkin
Mamlakat Bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qilishicha, davlat xizmatchilari soni qisqartiriladi.
– Vazirlarning uchdan birini qisqartirmoqchimiz, shuningdek davlat xizmatchilari soni ham kamayadi, – dedi u matbuot anjumanida. – Bu ishni allaqachon boshlaganmiz, yil boshidan buyon 20 ming bo‘sh o‘rin qisqartirildi. Qo‘shimcha qilinishicha, vazirlar soni 15, ko‘pi bilan 16 kishi bo‘lishi kerak, vazirliklar ham shunga yarasha bo‘ladi.
Hozir Ukrainada 19 vazirlik faoliyat yuritmoqda. Vazirlar Mahkamasi tarkibida hukumat rahbarining 5 nafar birinchi o‘rinbosari bor.
S.Rahimov, O‘zA