Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Jayxun Bayramov uchrashuvida Bok-u bilan Toshkent o‘rtasidagi hamkorlik masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “Anadolu” yozgan.

Uchinchi Diplomatik forum doirasida kechgan muloqot davomida tomonlar iqtisodiyot va savdo sohasidagi sheriklik ko‘lamini kengaytirish yuzasidan fikr almashdi. Ikki mulozim BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 29-doiraviy konvensiya ishtirokchilari sifatida konferensiya sessiyasiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni hamda mintaqadagi vaziyatni ham muhokama qildilar.