Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Axborot-resurs markazi bo‘limi tashabbusi bilan Zulfiyaxonim tavalludining 109-yilligiga bag‘ishlanib «Zulfiyaxonim izdoshlari» deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, yurtimizda har yili bahorning birinchi kunida shoira Zulfiya Isroilovaning tavallud ayyomi keng nishonlanishi an’anaga aylangan.

So‘zga chiqqanlar xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan hamda she’riyat muxlislari qalbidan chuqur joy egallagan ajoyib ijodkorlardan biri ekanligini ta’kidladi.

Talaba-yoshlarga shoiraning ibratli hayot yo‘li va o‘ziga xos boy ijodiy merosi hamda uning bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Zulfiyaxonimning she’rlari Vatanga muhabbat ruhida yaratilganligi, uning adabiyotimizga qo‘shgan salmoqli hissasi qayd etildi.

Tadbirning badiiy qismida talaba-yoshlar tomonidan shoiraning mehr-muhabbat va samimiyatga yo‘g‘rilgan go‘zal she’rlari ijro etilib, qiziqarli sahna ko‘rinishlarini namoyish qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri