BMT huzuridagi ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi UNESCO agentligi yangi hisobotida dunyo bo‘yicha 44 million o‘qituvchi yetishmayotganini ta’kidlagan.
– Butun dunyoda odamlar sifatli bilimga ega, yuqori malakali o‘qituvchilarga muhtoj, – degan bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish. Ta’kidlanishicha, 2030-yilgacha kasbini tark etishi mumkin bo‘lgan murabbiylarning yarmidan ko‘pini almashtirish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Masala global muammoga aylanmoqda. Masalan, Afrika qit’asida o‘sha paytga borib 15 million o‘qituvchiga ehtiyoj seziladi.