Giyohvand moddalar topib olganda yoki begona shaxsning nimadir yashirayotganiga guvoh bo‘lganda zudlik bilan 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki Telegram bot (@stopnarko_bot) orqali xabar berish maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, yashirilgan giyohvand moddalar joylashuvini ko‘rsatish uchun ichki ishlar xodimlarini kutish, berkitib ketilgan giyohvand moddalarni qo‘l bilan ushlamaslik va o‘sha joydan masofani saqlash lozim. Imkon qadar yaqin atrofda ko‘ringan shubhali odamlar yoki mashinalarni eslab qolish kerak.

Unutmang, giyohvand moddalar iste’moli sog‘liq uchun xavfli.

O‘zA