Sudyalar oliy kengashi: advokat sudyaga pora bermoqchi bo‘lgan

289

Sudyalar oliy kengashi tomonidan tizimda korrupsiyaning oldini olish va sudyalar daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, shu yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tumani sudi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan ayblanayotgan K.O.ga yengillik qilib berish evaziga advokat Z.Ya.  tomonidan  sudyaga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif qilinganligi holati bo‘yicha ma’lumotlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan joriy yilning 29-fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda advokat Z.Ya. sudyaga pora berayotganda qo‘lga olindi.

Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

N.Abduraimova, O‘zA