1-martdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? (+video)

241

Joriy yilning 1-martidan vasiylikdagi shaxsning mol-mulki bilan bog‘liq bitimlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi. Ayrim shaxslarga ijtimoiy yordam va xizmat ko‘rsatish uchun moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.

Bundan tashqari, nogironlar uchun Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, 22 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi.

Xo‘sh, joriy yilning 1-martidan qonunchilikda yana nimalar o‘zgaradi?

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA