Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha “Prague International Chess Festival” turniri davom etmoqda. Mazkur musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Nodirbek birinchi turda chexiyalik Tay Day Van Nguyenni yengdi, 2-turda esa qora donalarda hindistonlik Vidit Santosh Gujratiga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. Mazkur natijadan so‘ng hamyurtimiz ochkolarini 1,5 taga yetkazib oldi va turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasidan o‘rin egalladi. Bugun shaxmatchimiz uchinchi tur doirasida mezbonlar vakili David Navara bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, jadvalda eronlik Parham Magsudlu 2 ochko bilan birinchi bo‘lib turibdi. Uchinchi o‘rinda esa hindistonlik shaxmatchi Dommaraju Gukesh bormoqda. Uning hisobida 1,5 ochko bor.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA